TDSI Turkiyaning nufuzli universiteti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi
Toshkent davlat stomatologiya instituti (TDSI) delegatsiyasi tashrif bilan Turkiyada boʻldi.
Tashrif davomida institut delegatsiyasi Eskishehir Osmangazi universiteti rektori K. Cholak, stomatologiya fakulteti dekani S. Bayrak, shuningdek, “Craniocatch Medikal Diş Sanayi ve Ticaret A.Ş.” kompaniyasi direktori I. Bayroqdor bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Ikki tomonlama muloqotlar yakunida sunʼiy intellekt texnologiyalarini tibbiy taʼlimda, davolash va ilmiy-tadqiqot faoliyatida tatbiq etish yuzasidan Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori N. Haydarov va Turkiyaning Eskishehir Osmangazi universiteti rektori K. Cholak hamkorlik shartnomasini imzoladi.
Uchrashuvda sunʼiy intellektni tibbiyotda qoʻllanilishi va bunday tizimlarni yaratishda sunʼiy neyron tarmoqlar texnologiyasidan foydalanish afzalliklarini oʻrganish, davolovchi shifokorlarga tezkor tashxislash qarorlarini qabul qilishga yordam berish, bu sohada kadrlarni tayyorlash, ularni malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlar asosida sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan oqilona foydalanish kabi masalalar ikki oliy taʼlim muassasalari ishchi guruhlarining vazifalari sifatida belgilab olindi.
Eskishehir Osmangazi universiteti 1970-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda uning 13 fakultetida 35 000 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda. Ularga 1700 nafardan ortiq professor va oʻqituvchilar dars bermoqda. Ilmiy tadqiqot va innovatsion izlanishlar universitetning 4 ta tadqiqot instituti va 40 ta ilmiy-tadqiqot markazlarida olib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring