TATUning Urganch filiali UrDUga qoʻshib yuboriladi
Shavkat Mirziyoyevning PQ-160-sonli qarori bilan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali 2025/2026 oʻquv yilidan Urganch davlat universitetiga qoʻshib yuboriladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” xabar berdi.
Qarorga koʻra, Urganchdagi mazkur filialda tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Urganch davlat universitetining mos bakalavriat va magistratura dasturlari boʻyicha davom ettiradi. Bu oʻzgarish talabalar uchun uzluksiz taʼlim jarayonini taʼminlash, zamonaviy bilim va koʻnikmalarni samarali oʻzlashtirish imkonini yaratadi.
Shuningdek, mazkur qaror bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Urganch filiali tashkil etilishi nazarda tutilgan. Ushbu maktab Al-Xorazmiy majmuasi hududida joylashadi va taʼlim jarayoni STEM modeli asosida 7-yillik dastur boʻyicha tashkil etiladi.
Maktabdagi dasturga koʻra, dastlabki 5-yilda oʻquvchilarda fizika, matematika, informatika va ingliz tili boʻyicha mustahkam bilim asoslari shakllantiriladi. Keyingi 2-yil esa muhandislik sohasiga yoʻnaltirilgan boshlangʻich tayyorgarlikka bagʻishlanadi.
Oʻquvchilar tanlovi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 4-sinfini tamomlagan va matematika hamda informatika fanlari boʻyicha yuqori qobiliyatga ega boʻlgan oʻquvchilar orasidan amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab uchun belgilangan tashkiliy, akademik va moliyaviy shart-sharoitlar toʻliq qoʻllaniladi. Bu esa yuqori salohiyatli yoshlarning bilim olishi va istiqbolli mutaxassis boʻlib shakllanishi uchun zamin yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring