“Tashkent Law Spring” I xalqaro yuridik forumiga start berildi
Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"
Bugun poytaxtimizning “Oʻzekspomarkaz” Milliy majmuasida anchadan buyon kutilayotgan yirik tadbir — “Tashkent Law Spring” I xalqaro yuridik forumi oʻz ishini boshladi.
Ilk marotaba oʻtkazilayotgan ushbu anjuman Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qator tegishli vazirlik va idoralar, xalqaro hamkorlar koʻmagida tashkillashtirildi.
Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, forumda qatnashish pullik boʻlishiga qaramasdan, unda ishtirok etishga qiziqish juda katta boʻlgan. Talablardan kelib chiqib, bugungi tadbirda umumiy ishtirokchilar sonini koʻpi bilan 800 kishi boʻlishi rejalashtirilgan boʻlsa-da, lekin amalda jami mingdan ortiq kishi qatnashmoqda.
Shulardan 244 nafari xorijdagi yuridik firmalari rahbarlari, huquq va xalqaro munosabatlar boʻyicha taniqli ekspertlardir.
“Huquq — jadal modernizatsiya davrida”. Bu forumning asosiy mavzusi. Forumning birinchi kuni “Xalqaro arbitraj va sud ishi”, “Xalqaro reytinglar (indekslar)”, “Investitsiyalar: zamonaviy chaqiriqlar va imkoniyatlar”, “Davlat-xususiy sheriklik: tashkil etish va rivojlantirishning global tajribasi”, “Davlat rejalashtiruvi va maʼmuriy islohot” hamda “Sud ekspertizasi” kabi mavzularda muhokama sessiyalari va davra suhbatlari ochiq muloqot tarzida ishchan ruhda oʻtyapti.
Forumda davlat va jamiyatning jadal oʻzgarish davrida huquq qanday boʻlishi kerak? degan savol atrofida oʻzaro fikr almashilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring