“Tashabbusli byudjet”ning 10-mavsumi 1-fevraldan boshlanadi
Joriy yilning 1-fevralidan “Tashabbuskor xalq uchun — yangi imkoniyatlar mavsumi” shiori ostida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yilgi ilk mavsumi boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu mavsum “Tashabbusli byudjet” jarayoni joriy etilganidan buyon oʻtkazilayotgan oʻninchi – yubiley mavsum hisoblanadi.
Bunda:
• 1–20-fevral kunlari loyihalarni kiritish;
• 21-fevraldan 7-martgacha loyihalarni saralash;
• 8–10-mart kunlari targʻibot bosqichi;
• 11–20-mart kunlari ovoz berish bosqichi;
• 21–31-mart kunlari qoʻshimcha gʻoliblarni eʼlon qilish bosqichi oʻtkaziladi.
Maʼlum qilinishicha, anʼanaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga koʻra gʻolib loyihalar 21-mart — Navroʻz bayrami kuni eʼlon qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring