«Tashabbusli byudjet» qirq yillik orzuni roʻyobga chiqardi

14:29 29 Aprel 2024 Sport
492 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Temur ESHBOYEV/«Xalq soʻzi». Navoiy viloyatining Konimex tumanida 1984-yili sportning boks turi boʻyicha toʻgarak tashkil etilib, mazkur toʻgarak aʼzolaridan bir necha avlod Oʻzbekiston chempionatda ham munosib ishtirok etishgan. Bir qator turnirlarda gʻoliblikni ham qoʻlga kiritishgan.

— Biroq konimexlik bokschilar xalqaro musobaqalarda aytarlik sovrinlarni qoʻlga kirita olishmagan, — deydi Navoiy viloyat sport boshqarmasi boshligʻi Jasur Murtazoyev. — Buning asosiy sababi toʻgarakning oʻz muqim manziliga ega boʻlmaganidir. Tabiiyki, jihozlanish ham shunga yarasha boʻlib, bokschilar koʻpincha qoʻlbola sport anjomlaridan foydalanishgan.

«Tashabbusli byudjet» loyihasi konimexlik boks ixlosmandlarining qirq yillik orzusiga yechim boʻldi. Tuman ahli oʻtgan yili ushbu loyiha doirasida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, unga koʻra tumandagi sport maktabida yangi boks zali qurilib, foydalanishga topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер