“Tarmoq-korxona-oliygoh” uzviyligi davom etmoqda
Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Joriy yilda Davlatimiz rahbari raisligida muhandislik yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari rektorlari uchun oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan vazifalar ijrosi boʻyicha Namangan muhandislik-texnologiya institutida amaliy ishlar qilinmoqda.
Ayni paytda viloyatdagi 24 ta yetakchi korxonada institut kafedralarining filiallari tashkil etildi. Xususan, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Davlat muassasasi Namangan filialida Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish kafedrasi filiali faoliyat yuritmoqda. Bu filial talabalarga va yosh tadqiqotchilarga nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash imkonini beradi. Shu bilan birga, “Tarmoq-korxona-oliygoh” zanjirini shakllantirishda muhim oʻrin tutadi.
— Mazkur muassasada kafedramiz filiali tashkil etilgani tadqiqotlar oʻtkazish imkonini berdi, — deydi institut tayanch doktoranti Shahsanam Xolboyeva. — Endi nazariy bilimlarni amaliyotda sinab koʻramiz. Bu filialda kelgusida koʻplab yangi ilmiy loyiha va tadqiqotlar olib borilishiga ishonaman.
Hozirgacha institutning viloyatdagi 110 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari bilan mustahkam aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. Talabalarning oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlari mazkur korxonalarda tashkil etilmoqda. Bu oʻz navbatida, ularning real ish muhitida ishlash, kasbiy koʻnikmalarini oshirishida muhim imkoniyat yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring