Tarix va zamonaviylikni uygʻunlashtirgan Ostona — Fotoreportaj

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”
Shu yilning 3-4-iyul kunlari Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvi boʻlib oʻtadi.

Ushbu nufuzli anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi.

SHHT 2001-yilda tuzilgan mintaqaviy xalqaro tashkilotdir. Oʻzbekiston Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya va Tojikiston bilan birga tashkilotning asoschilaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda SHHTga toʻqqiz davlat aʼzo. Bundan tashqari, uch davlat unga kuzatuvchi sifatida qoʻshildi, 14 davlat tashkilot bilan muloqot boʻyicha hamkor maqomiga ega. Bu SHHTning oʻtgan yillar davomida nufuzi va xalqaro siyosatdagi roli hozirgi murakkab geosiyosiy sharoitda mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.

Bugungi kunda SHHTga aʼzo davlatlarning umumiy maydoni 34 million kilometr kvadratni, yaʼni Yevroosiyo qitʼasining 60 foizini tashkil etadi. Aʼzo davlatlar aholisi 3 milliardga yaqin yoki Yer yuzi aholisining qariyb 42 foiziga teng. Shuningdek, SHHT mamlakatlari iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotining 24 foizdan ortigʻini qoplaydi.

Tashkilotga aʼzo davlatlar oʻrtasida oʻzaro ishonch, doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash, mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash yoʻlida koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish, yangi demokratik, adolatli va oqilona siyosiy-iqtisodiy xalqaro tartib oʻrnatishga koʻmaklashish, terrorizm, separatizm va ekstremizmga, giyohvandlik vositalari va qurol-yarogʻ savdosi, transmilliy jinoyatlarning boshqa turlariga birgalikda qarshi oqilona kurashish SHHTning asosiy maqsad va vazifalari hisoblanadi. Aʼzo davlatlar, shuningdek, xalqaro huquqning asosiy tamoyillari asosida turli sohalarda samarali mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirmoqda.

SHHTning asosiy organi Davlat rahbarlari kengashi boʻlib, u tashkilotning koʻp qirrali hamkorligi va faoliyatini rivojlantirish strategiyasi, istiqbollari hamda ustuvor yoʻnalishlarini koʻrib chiqadi va belgilaydi. Kengash SHHT maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan fundamental xususiyatdagi qarorlar qabul qiladi, eng dolzarb global muammolar, boshqa xalqaro tashkilotlar va davlatlar bilan oʻzaro hamkorlik masalalarini hal etadi hamda tashkilot tarkibini kengaytirish toʻgʻrisidagi qarorlarni chiqaradi. Bundan tashqari, SHHT va tashkilot doimiy organlarining tuzilishi va faoliyatidagi ichki siyosatning asosiy masalalarini belgilaydi.

Mazkur nufuzli anjumanda ishtirok etayotgan “Xalq soʻzi” muxbiri Hasan Paydoyev Ostona shahridan fotoreportaj tayyorladi.














Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring