Tarix va tabiat bilan uygʻun qadamjo
Chilon — Sherabod tumani janubiy-gʻarbiy qismida, togʻ bagʻrida joylashgan goʻzal qishloq. Chilondagi eng muhim ziyorat joylaridan biri — Hazrati imom Asqar Ali ziyoratgohi hisoblanadi. Ushbu ziyoratgoh asrlar davomida mahalliy aholi va mamlakatimizning turli hududlaridan keladigan sayyohlar uchun muqaddas joyga aylangan. Rivoyatlarga koʻra, Hazrati imom Asqar Ali islom taʼlimotini keng yoyishda faol ishtirok etgan, hayotini maʼrifat va ezgulik yoʻliga bagʻishlagan avliyolardan biri boʻlgan.
Ziyoratgohda sayyohlar uchun zarur sharoitlar yaratilgan boʻlib, u diniy va maʼnaviy tarbiya hamda millatimizning tarixiy xotirasini asrab-avaylashda muhim ahamiyatga ega.
Chilonning yana bir oʻziga xosligi — tabiatning oʻzi yaratgan noyob moʻjizasi — chilonjiyda daraxtlari. Ularning shakli oʻzgacha: daraxtlar yerga egilib oʻsadi, baʼzi hollarda shoxlari yerga kirib, yangi tanalar hosil qiladi. Bu tabiiy holat botanikada vegetativ koʻpayish deb ataladi. Qizigʻi, barcha chilonjiyda daraxtlari Hazrati imom Asqar Ali ziyoratgohi tarafga egilgan holda oʻsadi.
— Chilon hududi Surxondaryo viloyatidagi tabiiy holati eng yaxshi saqlanib qolgan, bioxilmaxillikka boy maskanlardan biri hisoblanadi, — deydi Surxon davlat qoʻriqxonasi davlat tabiatni muhofaza qilish ilmiy tadqiqot direktori oʻrinbosari Muhiddin Mamatqulov. — Bu yerdagi chilonjiyda daraxtlari, saksovul, bodom va archa kabi oʻsimliklar tabiatshunoslar uchun katta qiziqish uygʻotadi. Shuningdek, hududda turli qushlar, sutemizuvchilar va togʻlarda yashaydigan sudralib yuruvchi hayvonlar mavjud. Bunday togʻli ekotizimlarni muhofaza qilish ekologik barqarorlikni saqlashda muhim ahamiyatga ega.
Shu bois, davlat va jamiyat bu qadriyatlarni birgalikda asrashga masʼuldir. Yurtimizning noyob boyliklaridan biri sanaladigan Chilonning tarixiy ziyoratgohlari va tabiati butun Oʻzbekiston uchun iftixor manbai hisoblanadi.
Farhod ESONOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring