“Taraqqiyot sari: Yangi Oʻzbekiston islohotlari 2022–2025” toʻplami taqdim etildi

17:24 01 Iyul 2025 Jamiyat
102 0

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Oʻzbekistonda 2022–2025-yillar mobaynida amalga oshirilgan eng muhim islohotlar, erishilgan yutuqlar, natijalar va maqsadli koʻrsatkichlarning umumiy mazmunini qamrab olgan yangi toʻplamni taqdim etildi.

U markaz tomonidan avval nashr etilgan “Harakatlar strategiyasi bilan 5-yil” toʻplamining mantiqiy davomi hisoblanadi. Avvalgi nashr 2017–2021-yillarda amalga oshirilgan muhim islohotlar natijalarini oʻz ichiga olgan edi.

Ushbu nashr quyidagi beshta asosiy ustuvor yoʻnalish doirasida tuzilgan:

  • Har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish;
  • Barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash;
  • Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
  • Qonun ustuvorligini taʼminlash va xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
  • Xavfsiz va tinchliksevar davlat tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.

Ushbu nashr “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining beshta ustuvor yoʻnalishi doirasida tuzilgan boʻlib, toʻplamning har bir boʻlimida amalga oshirilgan aniq islohotlar va ularning natijalari bayon etilgan.

Nashr tahlilchilar va mutaxassislar, shuningdek, Oʻzbekistonda yuz berayotgan yangilanish jarayonlarini chuqurroq anglashda keng jamoatchilik uchun ham muhim manba boʻlib xizmat qiladi.

“Taraqqiyot sari: Yangi Oʻzbekiston islohotlari 2022–2025” toʻplami bilan toʻliq bu yerda tanishish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер