Tanzila Norboyeva “Dubai Expo” markazida tashkil etilgan “Oʻzbekiston” pavilyoni bilan tanishdi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati
BMT iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasi (COP28) doirasidagi parlament sessiyasida ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklarida amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya Dubay shahridagi “Dubai Expo” markazida tashkil etilgan “Oʻzbekiston” pavilyoni bilan tanishdi.
Oʻzbekiston COP28da Markaziy Osiyo pavilyoni ostida qatnashmoqda. Bu “Bir mintaqa — bir ovoz” pozitsiyasini mustahkamlashga qaratilgan birgalikdagi saʼy-harakat hisoblanadi.
COP28 — Butunjahon iqlim forumida Oʻzbekiston ikkita: koʻk (blue) va yashil (green) pavilyonda ishtirok etmoqda.
Koʻk (“Blue”) zonadagi pavilyonda Oʻzbekistonning ekologik salohiyati, xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan va anʼanaga aylangan “Yashil makon” loyihasi, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishlarini oʻrganish universiteti (“Central Asian Green University”) hamda Orol dengizi holati va uni koʻkalamzorlashtirish borasidagi maʼlumotlar oʻrin olgan.
Yashil (“Green”) zonadagi pavilyonda esa ikkinchi qavatda Prezidentimiz tomonidan “Yashil makon”, biologik xilma-xillik, umuman, ekologiya sohasida qilinayotgan ishlar haqida maʼlumotlar, videoroliklar hamda yurtimizning turizm salohiyati namoyish qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring