Tanzila Narbayeva boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyatida bir qator dolzarb masalalar yuzasidan oʻrganishlar olib bordi
Senat Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyatida boʻlib, hududlarda bir qator dolzarb masalalar yuzasidan oʻrganishlar olib bordi. Tashrif doirasida mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, ijtimoiy muhitni sogʻlomlashtirish hamda yoshlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish yoʻnalishlaridagi ishlar tahlil qilindi.
Dastlab Sh.Rashidov tumanidagi 32-maktab bazasida tashkil etilgan “Jasorat maktabi” faoliyati oʻrganildi. Ushbu loyiha yoshlar orasida vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlash, jinoyatchilik va radikal gʻoyalarga qarshi immunitet hosil qilishga xizmat qilmoqda. Bu tajriba asosida boshqa hududlarda ham shunga oʻxshash loyihalarni joriy etish masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, Jizzax shahridagi Maʼnaviyat markazida xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash, kasb-hunarga yoʻnaltirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan manzilli ishlash boʻyicha mavjud muammolar muhokama qilindi. Muloqot davomida bu boradagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Tashrif davomida “Zargarlik” mahallasida amalga oshirilayotgan “xavfsiz hudud” tamoyili asosidagi ishlar, jinoyatchilikni oldini olish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan chora-tadbirlar oʻrganildi. Mahalla faollari bilan uchrashuvda aholi ishtirokini kengaytirish va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, Senat Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi qaroriga asosan tashkil etilgan namunali xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi faoliyati ham oʻrganildi. Ushbu mexanizm orqali fuqarolarning muammolarini joyida hal etish va tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashda xalq vakillarining roli tahlil qilindi.
Tashrif davomida yoshlar ishtirokidagi “Qalqon” guruhi hamda “Antikorrupsiya volontyorlari” faoliyati bilan tanishildi. Bu guruhlar orqali hududlarda muammolarni aniqlash, yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktik ishlarni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Senat Raisi Tanzila Narbayeva hududlarda ayollar va yoshlarning bandligini taʼminlash, shaffof va masʼuliyatli mahalliy boshqaruvni yoʻlga qoʻyish ijtimoiy muhitni yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. Shu munosabat bilan ilgʻor tajribalarni ommalashtirish va tizimli yondashuvni kuchaytirish yuzasidan masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring