Tanzila Narbayeva Belgiya Gender tenglik, teng imkoniyatlar va xilma-xillik boʻyicha Davlat kotibi bilan uchrashdi
Foto: senat.uz
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Nyu-Yorkka amaliy tashrifi davomida Belgiya Gender tenglik, teng imkoniyatlar va xilma-xillik boʻyicha Davlat kotibi Mari-Kollin Leroy bilan uchrashdi.
Oʻzbekiston va Belgiya oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, ayollarning ixtisoslashgan tashkilotlari orqali oʻzaro hamkorlikni faollashtirish masalalari muzokaraning asosini tashkil etdi.
Tomonlar mazkur yoʻnalishda oʻzaro tajriba almashish, bu boradagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha fikrlashib oldilar.
Mari-Kollin Leroy Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, gender tenglikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi.
Senat Raisi Mari-Kollin Leroyni joriy yilda yurtimizda oʻtkazilishi rejalashtirilgan Osiyo xotin-qizlar forumiga taklif qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring