Tanzila Narbayeva Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi
Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Belarus Respublikasida boʻlib turibdi.
Bugun, 5-sentabr kuni, Tanzila Narbayeva Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi.
Maʼlumki, Belarus Oʻzbekistonning MDHdagi anʼanaviy hamkorlaridan biridir. Mamlakatlar oʻrtasidagi aloqalar doʻstlik va sheriklik ruhida izchil rivojlanib bormoqda.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Suhbatda parlamentlararo muloqotni samarali rivojlanayotganligi, oʻzaro manfaatli uchrashuv va tadbirlar muntazam ravishda oʻtkazib borilayotganligi, MDH Parlamentlararo Assambleyasi hamda Parlamentlararo ittifoq doirasida faol hamkorlik olib borilayotganligi alohida taʼkidlandi.
Oʻzbekiston va Belarus xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar – BMT, MDH, SHHT doirasida konstruktiv hamkorlik qilmoqda.
Muloqot chogʻida Oʻzbekiston – Belarus biznes doiralari va tadbirkor ayollar birinchi biznes-forumiga alohida eʼtibor qaratildi. Ushbu tadbir ayollar tadbirkorligini rivojlantirishiga muhim hissa qoʻshishi, mamlakatlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash boʻyicha yangi taklif va tashabbuslarni muhokama qilish va ishlab chiqish uchun samarali maydonga aylanishi taʼkidlandi.
Erishilgan shartnoma va kelishuvlar ijrosi ustidan taʼsirchan parlament nazorati oʻrnatilishi ahamiyati haqida alohida toʻxtalib oʻtildi. Qoʻshma tadbirlar orqali gender tengligiga erishish va Belarus ayollar ittifoqi bilan hamkorlikni mustahkamlash zarurligi qayd etildi.
Uchrashuv davomida boshqa muhim masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring