Tanqidlar jahon hamjamiyatida xitoy tilining oʻrni va ahamiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi — MTV

18:48 18 Noyabr 2020 Jamiyat
1033 0

Maktabgacha taʼlim vazirligi 2020-yilning 5-noyabr kuni maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin va Xitoy Xalq Respublikasining Toshkentdagi Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda vazirlikning rasmiy ijtimoiy tarmoq manbalarida koʻrsatilganidek, qator masalalar, jumladan, chet tili sifatida boshqa tillar bilan birga xitoy tilini oʻrganish fikri koʻrib chiqilgan edi.

Vazir maktabgacha taʼlim tizimida xitoy tilini oʻrganish fikrini iliq qabul qildi, chunki kasbiy jihatdan haqiqiy pedagog sifatida vazir maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chet tillarini oʻrganish bilan bogʻliq masalalarni bir necha bor koʻtarib chiqqani barchaga maʼlum. Bola psixologiyasi sohasida xalqaro tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, u qanchalik koʻp xorijiy tillarni bilsa, uning dunyoni idrok etishi shunchalik yaxlit boʻladi.

Turli xorijiy tillarni oʻrganish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» gi qaroriga ilova qilingan hujjatning 13-bandida ham belgilangan.

Uzluksiz taʼlim tizimida xorijiy tillarni oʻrganish dasturi doirasida MTV masalan, ingliz tili bilan bir qatorda alohida maktabgacha taʼlim muassasalarida boshqa xorijiy tillarni oʻrganish imkoniyatini taqdim etadi. Bularning barchasi faqat ota-onalarning xohish-istaklari va MTT imkoniyatlariga asoslangan holda amalga oshiriladi.

"Kadrlar masalalari ham atroflicha koʻrib chiqilmoqda. Masalan, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan memorandum imzolanib, uning asosida talabalarni Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida gʻarb va sharq tillarini oʻrgatishga jalb etishda MTV va TDSHU hamkorligini yoʻlga qoʻyishga kelishilgan.

Maktabgacha taʼlim sohasida xitoy tilini oʻrganish fikriga qaytsak: bu borada qaror hali qabul qilinmagan boʻlsada, ayrim fuqarolarimiz turli xil asossiz va haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan axborotlarni tarqatishdan toʻxtashmayapti. Shuni tushunib yetish kerakki, bu kabi tanqidiy ruhdagi munosabatlar jahon hamjamiyatida xitoy tilining oʻrni va ahamiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi. Xitoy tili Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy tillaridan biri, shuningdek, dunyodagi eng keng tarqalgan va yuqori talabga ega tillardandir.

Maktabgacha taʼlim tizimida Mirobod tumanidagi 506-sonli MTTda xitoy pedagogi tomonidan xitoy tilini oʻrgatish muvaffaqiyatli yoʻlga qoʻyilgan, buning natijasida bolalar erta yoshlaridan xitoy tilida soʻzlashmoqda.

MTV Axborot xizmati ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqning faol foydalanuvchilaridan biror mavzudagi kontekstni qisman olib chiqib, uni notoʻgʻri talqin qilmaslikka chaqiradi. Buning uchun MTV maktabgacha yoshdagi bolalarning taʼlim-tarbiyasi va rivojlanishida aholiga daxldor mavzularni konstruktiv ravishda muhokama qilishga doimo tayyorligini bildiradi", deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?