“Tamaddunlar kesishgan makon” nomli yangi hujjatli filmni suratga olish rejalashtirilmoqda
Illyustrativ foto
Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish, unda turli hududlar tarixi, madaniyati va sivilizatsiyaviy merosini kengroq yoritish maqsadida “Tamaddunlar kesishgan makon” nomli hujjatli filmni tayyorlash ko‘zda tutilmoqda.
Markaz axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu loyiha doirasida Xorazm vohasi tarixi, boy madaniyati va bu hududda shakllangan sivilizatsiyaviy jarayonlar chuqur o‘rganiladi. Tadqiqotlar asosida hujjatli film ssenariysi yozilib, unda qadimiy Xorazmning islomiy ilm-fan, san’at, me’morchilik va qadriyatlar rivojidagi o‘rni namoyon etiladi.
Filmning asosiy maqsadi — O‘zbekiston hududida, xususan, Xorazmda shakllangan islomiy sivilizatsiyaning jahon tamadduni rivojiga qo‘shgan hissasini yoritish, shuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazi mehmonlariga boy tarixiy-ma’naviy manzarani taqdim etishdir. Ayni paytda ilmiy izlanishlar boshlab yuborilgan bo‘lib, yaqin vaqt ichida tasvirga olish ishlari ham boshlanishi rejalashtirilmoqda. Mazkur film Islom sivilizatsiyasi markazining ekspozitsiyasi tarkibidan munosib o‘rin egallaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring