Taʼlim sifati past boʻlgan maktablar roʻyxati tasdiqlandi
Illyustrativ foto
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tomonidan Oʻzbekistonda “taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan” maktablar roʻyxati tasdiqlandi.
Unga koʻra, 2025/2026-oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatiga respublika boʻyicha 470 ta maktab kiritilgan. Bunday maktablarning eng koʻpi — 99 tasi Qashqadaryo viloyatida, eng kami esa — 5 ta Buxoro viloyatida joylashgan.
“Xalq taʼlimi info” portali maʼlumotlarida keltirilishicha, 2023-yilda shunday maktablar roʻyxatda 642 ta, 2024-yilda esa 545 tani tashkil etardi. Joriy yilda bu raqamlar 75 taga qisqargan. Taʼkidlanishicha, taʼlim sifati past boʻlgan maktablarga boshqa hududlardan jalb etilgan oʻqituvchilarga ustama toʻlanadi.
Shu kabi maktablar soni hududlar kesimida quyidagicha koʻrinish olgan:
- Qashqadaryo viloyati – 99 ta;
- Samarqand viloyatida — 86 ta;
- Surxondaryo viloyatida — 70 ta;
- Jizzax viloyatida — 36 ta;
- Namangan viloyatida — 34 ta;
- Sirdaryo viloyatida — 32 ta;
- Fargʻona viloyatida — 29 ta;
- Qoraqalpogʻistonda — 24 ta;
- Andijon viloyatida — 23 ta;
- Navoiy viloyatida — 16 ta;
- Xorazm viloyatida — 9 ta;
- Buxoro viloyatida — 5 ta.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring