Talaba yotoqxonadan bir yilda oʻn oy foydalanish huquqiga ega – Musayev talabalar yotoqxonadan chiqarib yuborilayotgani haqida

19:18 21 May 2021 Jamiyat
2225 0

“Toshkent 5 tashabbus harakati” yoshlar festivali doirasida Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayev yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Muloqotda yoshlardan biri hukumat vakiliga OTMlarida taʼlim onlayn shaklga oʻtkazilgani sababli talabalar yotoqxonalardan chiqarilgani, biroq talabalar yotoqxona toʻlovini oʻquv yili oxiriga qadar toʻlagani haqida gapirdi va poytaxtda ham oʻqib, ham ishlayotgan talabalar yotoqxonalar yopilgach muammolarga duch kelayotganini maʼlum qildi. U ishlayotgan talabalar yotoqxonada qolishi mumkinmi degan mazmunda savol bilan murojaat qildi.

«Yotoqxonada qolishi kerak, qolsa boʻladi. Agarda talaba oflayn shaklda oʻqisa, yoki masofaviy shaklda oʻqisa-da ishlayotgan talaba boʻlsa, yotoqxonada qolishi kerak. Men bu masalani oʻrganaman, talaba nega chiqarib yuborilayotganini surishtiraman. Lekin talabalar yoz faslida yotoqxonada qolmaydi, oʻqish davomida boʻlsa talaba yotoqxonadan bir yilda oʻn oy foydalanish huquqiga ega va ishini davom ettirishi mumkin. Agarda, yozda ham talabalar ishlaydi, talabalar yotoqxonadan foydalansa boʻladimi, deya taklif bildirsangiz, u masalani ham hal qilamiz», dedi B.Musayev.

Inobat AHATOVA,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?