Taksichi mast holatda uxlab qolgan yoʻlovchi nomiga kredit rasmiylashtirib oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida taksi haydovchisi mijozga narkotik modda qoʻshilgan suv ichirib uni uxlatib qoʻygani va uning nomiga 12 million soʻm miqdorida kredit rasmiylashtirib olgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Ushbu holatga poytaxt IIBB matbuot xizmati oydinlik kiritdi.
Aniqlanishicha, taksiga chiqqan ayol avvaldan spirtli ichimlik taʼsirida mast holatda boʻlgan va haydovchiga manzil geolokatsiyasini koʻrishi uchun oʻz ixtiyori bilan qoʻl telefonini topshirib qoʻygan. Taksichi uni narkotik modda qoʻshilgan suv bilan uxlatib qoʻymagan.
Mashina haydovchisi va uning sherigi uxlab qolgan ayolning telefonidagi ilova bilan uning nomiga onlayn banklarning biridan 12 million soʻm miqdorida mikroqarz rasmiylashtirib, boshqa kartaga oʻtkazish orqali bankomatdan naqdlashtirib olgan.
Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida har ikkala shaxs qoʻlga olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ayni paytda jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar qoplab berilgan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring