Taksi faoliyatiga qoʻyilgan hududiy cheklov Konstitutsiyaga zid — Xalq demokratik partiyasi

Oʻzbekistonda yoʻnalishsiz taksi faoliyatiga qoʻyilgan hududiy cheklovlar keng jamoatchilik muhokamalariga sabab boʻlmoqda. Unga koʻra, endilikda har bir haydovchi oʻz hududida va unga tutash hududda taksi faoliyatini amalga oshirishi belgilangan.
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi yoʻnalishsiz taksi faoliyatiga qoʻyilgan hududiy cheklovlar Konstitutsiyaga zid ekanini taʼkidlab, holat boʻyicha transport vaziridan rasmiy tushuntirish soʻrab soʻrov yuborgan. Bu haqida XDPning rasmiy Telegram-kanalida maʼlum qilindi.
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi ushbu cheklov Oʻzbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan Konstitutsiyasining 67-moddasida belgilangan talabiga zid kelishini maʼlum qilgan.
«Konstitutsiyamizga muvofiq, davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishi kafolatlanadi.
Yoʻnalishsiz taksi faoliyati bilan bogʻliq joriy qilingan cheklov turli noqonuniy faoliyatlarni boshlanishiga, ularni erkin mehnat faoliyatini olib borishga toʻsqinlik qilishga, eng asosiysi fuqarolarimizni konstitutsiyaviy huquqlarini cheklanishiga olib keladi», — deyiladi XDP xabarida.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasiga koʻra, har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga egaligi nazarda tutilgan.
Yoʻnalishsiz taksi faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolarimiz oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida ishsizlikdan himoyalanish huquqidan foydalangan hisoblanadi. Bunday shaxslar qonunlarda belgilangan tartibda tegishli litsenziya olib, tegishli soliqlarni toʻlagan holda toʻliq qonuniy faoliyat yuritib kelmoqda.
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yuqoridagilardan kelib chiqib, yoʻnalishsiz taksilar boʻyicha cheklov joriy qilishga hech qanday huquqiy asoslar yoʻqligini, aksincha, konstitutsiyaviy meʼyorlarga zid kelayotgan jihatlari yaqqol koʻrinib turganini taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- “Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj
- Prezident Makkada boʻlib turgan muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefonlashdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring