Tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerak — Prezident navbatdagi olimpiada haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parij Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda.
Unda prezidentimiz Parijdagi natijalarni chuqur tahlil qilib, ulardan zarur xulosa va saboqlar chiqargan holda 2028-yili Los-Anjelesda boʻladigan navbatdagi olimpiadaga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerakligini qayd etdi.
Masalan, Parij olimpiadasida 32 ta sport turi boʻyicha 329 ta medal uchun kurash olib borildi.
Suzish, suvga sakrash, sinxron suzish, suv polosi, yengil atletika, eshkakli, baydarka va kanoeda suzish, velosport, oʻq otish va kamondan otish, gimnastika boʻyicha bizda sport federatsiyalari ham, musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish uchun tegishli baza ham bor. Eng muhimi, bu borada iqtidorli sportchilar ham yetarli ekani taʼkidlandi.
Chim ustida xokkey, basketbol, gandbol, regbi, suv polosi kabi jamoaviy sport turlari, yunon-rum kurashi, ot sporti, zamonaviy beshkurash, triatlon, qilichbozlik boʻyicha ham hali ishga solinmagan imkoniyatlarimiz juda koʻpligi qayd etildi.
“Oldimizda toʻrt yil vaqt bor. Oʻylaymanki, sport federatsiyalari rahbarlari oʻzlariga xulosa qilib, Los-Anjelesda boʻlib oʻtadigan olimpiadaga munosib tayyorgarlik koʻradilar”, dedi Prezident.
Bunga erishish uchun har bir olimpiya sport turini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Shu maqsadda kelgusi toʻrt yilda sportchilarni tayyorlash boʻyicha katta dasturlar qabul qilinadi.
Har bir yoʻnalishda sport meditsinasi, farmakologiyasi, diyetologiyasi, psixologiyasi va muhandisligi boʻyicha chet eldan malakali mutaxassislar jalb etiladi.
Bu borada “Olimpiya shaharchasi”da musobaqalar va oʻquv-mashgʻulotlarni ilgʻor xorijiy tajribalar asosida oʻtkazish boʻyicha alohida tizim yaratiladi.
Bahodir Jalolov, Oksana Chusovitina maktablari kabi ixtisoslashgan sport muassasalari har bir hududda, har bir sport yoʻnalishi boʻyicha tashkil qilinadi.
Bundan tashqari, joylarda, ayniqsa, mahallalarda yangi-yangi iqtidorlarni kashf qilish, ularni manzilli seleksiya asosida xalqaro musobaqalarga tayyorlash boʻyicha ham alohida dastur joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring