Tayvan atrofidagi harbiy mashgʻulotlar muvaffaqiyatli bajarildi — Xitoy qurolli kuchlari

19:53 10 Aprel 2023 Dunyo
1091 0

Foto: Reuters

Xitoy qurolli kuchlari jangovar shaylik patrulining barcha vazifalarini va Tayvan oroli atrofida uch kunlik “Oʻtkir qilich” qoʻshma mashgʻulotlarini muvaffaqiyatli bajargan. Bu haqda Xitoy Xalq ozodlik armiyasi qoʻmondonligi vakili Shi Yi maʼlum qildi.

Uning aytishicha, mashgʻulotlar davomida Xitoy armiyasining barcha qoʻshinlarining jangovar sharoitdagi qobiliyati sinovdan oʻtkazildi.

“Oʻtkir qilich” qoʻshma mashgʻulotlari 8-aprel kuni boshlanib, 10-aprelgacha davom etdi. Taʼkidlanishicha, harbiy manevrlardan maqsad Tayvan mustaqilligi tarafdorlarini ogohlantirish va Xitoyning hududiy yaxlitligi va suverenitetini himoya qilishdir.

Mashgʻulotlar davomida Tayvan Mudofaa vazirligi Xitoy harbiy samolyotlari va kemalari tomonidan norasmiy chegara buzilgani haqida bir necha bor xabar berdi.

Xususan, 10-aprel kuni agentlik orol yaqinida Xitoy Xalq ozodlik armiyasining 70 ta samolyoti va 11 kemasi aniqlangani haqida xabar berdi. Tayvanning havo hujumidan mudofaa boʻlinmalari kechayu kunduz yuqori shay holatda turgan.

Mashqlar Tayvan maʼmuriyati rahbari Say Invenning AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkarti bilan uchrashuvidan soʻng boshlandi. Qayd etilishicha, ushbu muzokaraning asosiy mavzusi Pekin tomonidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tahdid boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер