Tayson va Meyvezer 2026-yilda ringga chiqadi
Boksning sobiq mutlaq chempioni Mayk Tayson 2026-yilda besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer bilan jang oʻtkazadi.
Tayson ijtimoiy tarmoqda jang afishasini eʼlon qilib, “Tez orada” deb yozdi. Jang oʻtkaziladigan joy va aniq sana hozircha maʼlum qilinmagan.

Mayk Tayson 2005-yilda professional faoliyatini yakunlagan. Uning hisobida 59 ta jang bor: shulardan 7 tasida magʻlubiyatga uchragan, 44 ta jangda raqibini nokautga uchratgan. 2024-yil noyabrda u 27 yoshli bloger Jeyk Polga qarshi jang oʻtkazib, hakamlar qaroriga koʻra magʻlub boʻlgan.
Floyd Meyvezer esa 2017-yilda irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregorga qarshi jangdan soʻng professional karyerasini yakunlagan. Uning ringdagi natijalari — 50 jangda 50 gʻalaba.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring