Tadqiqot xulosasi: Maymun chechagi kutilganidan 6-12-marta tezroq mutatsiyaga uchramoqda

23:14 29 Iyun 2022 Dunyo
541 0

Foto: Getty Images

Portugaliyalik olimlar maymun chechagi virusining mutatsiyaga uchrash tezligini oʻlchashdi. Bu haqda “Medical Xpress” tibbiy axborot portali xabar bermoqda.

Dutor Rikardo Xorxe nomidagi Milliy salomatlik instituti va Lusofon universiteti tadqiqotchilari namunalari 15 nafar bemordan olingan virusning genetik tadqiqotini oʻtkazdilar.

“Ular virus kutilganidan 6-12 baravar tez mutatsiyaga uchraganini aniqladilar. Tadqiqotchilar virus mutatsiyasi tezligining keskin tezlashishi virus odamlarni yuqtirishning yangi usulini ishlab chiqqanidan dalolat berishini taxmin qilishdi. Hozirgi vaqtda odamdan odamga ochiq jarohatlar bilan yaqin aloqada, tana suyuqliklari yoki havo tomchilari orqali yuqishi mumkin” deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, avvalgi tadqiqotlarda maymun chechakka oʻxshash viruslar odatda yiliga bir yoki ikki marta mutatsiyaga uchragan.

Olimlarning fikricha, mutatsiyalarning bir qismi inson immun tizimi, xususan, genetik kodni nusxalashda xatoliklarni keltirib chiqaradigan viruslarni oʻldiradigan APOBEC3 kabi fermentlar taʼsirida yuzaga kelishi mumkin.

“Agar baʼzi viruslar bunday hujumdan omon qolsa va oʻz genlarini oʻtkazsa, ular kelajak avlodlarga inson immunitet tizimidan ustunlik bergan boʻlar edi. Va bu nima uchun virus kutilganidan tezroq mutatsiyaga uchraganini tushuntirishi mumkin”, deyiladi nashrda.

Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, virus baʼzi mamlakatlarda odamlar yoki hayvonlar orasida past konsentratsiyada tarqaldi. Ular, shuningdek, evolyutsiyaning tezlashgan surʼati 2017-yilgi maymun chechak epidemiyasi paytida koʻrilgan choralarga javob boʻlishi mumkinligini taʼkidlashadi.

Maymun chechak bilan bir xil turdagi ikki zanjirli DNK virusi 1950-yillarda topilgan va asosan Afrika qitʼasidagi odamlarga yuqqan. Nomiga qaramay, virus maymunlarga qaraganda kemiruvchilarda koʻproq uchraydi. Avvalgi tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, maymun chechakning ikkita asosiy turi bor. Ular asosan Gʻarbiy Afrika va Kongo havzasida keng tarqalgan. Birinchisining oʻlimga olib kelish xavfi pastroq boʻlib, uni hozirgacha Afrikadan tashqarida bir necha ming kishi yuqtirgan.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, joriy yilning 23-iyun kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maymun chechak tarqalishini rasman pandemiya deb eʼlon qildi. Chunki hozirgi vaqtda bir necha qitʼada kasallikning tarqalishi kuzatilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?