Tadbirkorlarning barqarorlik reytingini aniqlash tartibi belgilandi
Hukumat qarori (55-son, 30.01.2024 y.) bilan Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Prezidentning tegishli qarori bilan 2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etilgan.
Nizomga koʻra, reyting Soliq qoʻmitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingni” elektron platformasida onlayn shakllantiriladi va Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.
Tadbirkorlar faoliyatini baholash koʻrsatkichlari boʻyicha umumiy ball baholash vaqtida amalda boʻlgan koʻrsatkichlar soni va ularga berilgan ballar yigʻindisidan kelib chiqib belgilanadi.
Maʼlumotlar soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida real vaqt rejimida aks ettiriladi.
Reyting maʼlumotlari boʻyicha eʼtirozlar boʻlsa, Soliq qoʻmitasiga murojaat qilinadi.
Shunga koʻra, bildirilgan eʼtirozlar 1 ish kuni davomida koʻrib chiqiladi.
Savdo-sanoat palatasi reyting maʼlumotlarini hamda kelib tushayotgan murojaatlarga tezkor javob berilishini monitoring qilib boradi.
Nizom faqat yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring