Tadbirkorlarga intellektual mulk huquqini himoya qilish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda

15:34 07 Mart 2025 Jamiyat
151 0

Xabar berganimizdek, 15-fevraldan 15-mart kuniga qadar “Kontrafaktsiz oy” oyligi o‘tkazilmoqda. Uning doirasida respublika bo‘ylab savdo obyektlari, bozorlar, dorixonalar, kutubxonalar hamda ishlab chiqaruvchi korxonalarda intellektual mulk huquqiga rioya qilish yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Xususan, 3-mart kuni Sirdaryo viloyatida “Sardor Jamshid” MCHJ ishlab chiqarayotgan “G‘isht tashish” uchun mo‘ljallangan texnika vositasi va “TUPLOFF” MCHJ ishlab chiqarayotgan “Isitish moslamasi”ni intellektual mulk obyektini bir turi bo‘lgan foydali model yoki sanoat namunasi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma topshirish tartibi, “Navro‘z total textile” MCHJga o‘z tovar belgisiga ega bo‘lishning afzalliklari haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Adliya organlari xodimlari 4-mart kuni “BYD Uzbekistan” MCHJ rahbarlari bilan BYD tovar belgilarini himoya qilish, kontrafakt mahsulotlarni aniqlash bo‘yicha hamkorlikda ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

5-mart kuni Urgut tumanidagi “Urgut savdo kompleksi” MCHJ hududida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar bilan kontrafakt mahsulotlarini sotilishini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari o‘tkazilib, yangilangan 20 dan ortiq kontrafakt mahsulotlar kataloglari tarqatildi.

Urgut iqtisodiy sanoat zonasida joylashgan “Urgut Mikro Metal”, “Innovation Med Total”, “Elite Soft Products”, “Promvest Product” va “USS Business Symbol” MCHJlarda “Hey bebek”, “Smile”, “Sweet baby”, “Santenni” belgilarini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish va uni himoya qilish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер