Tadbirkorlar oʻrtasida yongʻin xavfsizligi aʼlochisi tanlovi oʻkaziladi

Hukumat qarori (620-son, 24.11.2023-y.) bilan “Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom qabul qilindi.
Unga koʻra, tanlov 2024-yildan har yili oktyabr – dekabr oylarida yongʻin chiqish xavfi boʻyicha I va II guruhga mansub obyektlarga ega tadbirkorlar oʻrtasida navbat bilan yillar ketma-ketligida oʻtkaziladi (yangi qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan, kengaytirilayotgan, texnik jihatdan qayta jihozlanayotgan va kapital taʼmirlanayotgan obyektlar bundan mustasno).
Nomzodlarning arizalari tanlov eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 20 kun mobaynida Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus elektron axborot tizimi orqali tuman (shahar) komissiyalari tomonidan qabul qilinadi (tanlovda ishtirok etish bepul).
Tanlovda qatnashish istagini bildirgan nomzodlar oʻz arizalari bilan birga quyidagilarni taqdim etadi:
➖ tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumot (obyektning manzili, faoliyat turi, tashkiliy-huquqiy shakli va boshqalar);
➖ belgilangan tadbirlarning bajarilganini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari, fotoalbom, 5 daqiqadan oshmagan, sifati yuqori boʻlgan videolavhali taqdimot materiali.
Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi:
1-bosqichda tanlovda ishtirok etish uchun munosib nomzodlarni tanlab olish maqsadida tuman (shahar) darajasida saralash tadbirlari oʻtkaziladi.
2-bosqichda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari tuman (shahar) darajasida eng koʻp ball toʻplagan nomzodlar boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar va materiallarni koʻrib chiqadi va baholaydi.
3-bosqichda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari tomonidan taqdim etilgan nomzodlar oʻrtasida tanlov oʻtkaziladi.
Tanlovning yakuniy bosqichi har yili dekabr oyining ikkinchi 10 kunligida Toshkent shahrida oʻtkaziladi.
Tanlovda gʻolib deb topilgan nomzod 100 mln soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi hamda uning faoliyati tanlov natijalari rasmiy eʼlon qilingan kundan keyingi 2 yil davomida davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan tekshirilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring