Tadbirkorlar birlashmalarining roli yanada oshiriladi
“Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-126-son, 14.03.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi hamda Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi negizida “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (Kompaniya) tashkil etildi va uning ustav kapitalidagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi ishonchnoma asosida Savdo-sanoat palatasiga berildi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga koʻmaklashish (eksportoldi va eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish bundan mustasno) uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlarni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida yuridik shaxs tashkil etmasdan ochiladigan Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish hamda Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish huquqi Kompaniyaga berildi.
“Oʻzbekekspertiza” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushi va ayrim davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli ulushlarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazgan holda davlat ulushini boshqarish funksiyasini ishonchnoma asosida Savdo-sanoat palatasiga berildi.
Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalariga investorlarni jalb qilish, ularning ishtirokchilariga koʻmaklashish Savdo-sanoat palatasining vazifalaridan biri sifatida belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring