Tadbirkor Botir Rahimov Oʻzbekiston tennis federatsiyasi raisi etib saylandi
Foto: MOQ
Bugun, 17-fevral kuni Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, tennis va yengil atletika federatsiyalariga rahbarlar saylandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kun davomida Milliy Olimpiya qoʻmitasida Sport vazirligi va MOQ rahbariyati ishtirokida 2 ta sport federatsiyasi hamda 1 ta assotsiatsiyaning ketma-ketlikda navbatdan tashqari saylov konferensiyalari boʻlib oʻtgan.
Saylovlar natijalariga koʻra:
Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi
- Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi raisi Akmalxoʻja Mavlonov federatsiya raisi, Otabek Choriyev, Andrey Abduvaliyev va Kamoliddin Usmonov rais oʻrinbosarlari, Kamoliddin Roʻzmuhammedov esa bosh kotib lavozimlariga saylanishdi;
Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi
- Tadbirda “Oʻzmilliybank” AJ boshqaruv raisi Alisher Mirsoatov assotsiatsiya rahbari etib saylandi;
Oʻzbekiston tennis federatsiyasi
- Federatsiyaning sobiq raisi A.Mirsoatov qishki sport turlari assotsiatsiyasi boshqaruviga oʻtgani bois, tadbirkor, uzoq yillar “Paxtakor” FK prezidenti sifatida faoliyat yuritgan mutaxassis Botir Rahimov nomzodi Oʻzbekiston tennis federatsiyasi raisligiga ilgari surildi va bir ovozdan maʼqullangan.
Shuningdek, konferensiyalarda tashkilotlarning yangi ustavi ham tasdiqlab olindi.
Tadbirda ishtirok etgan rasmiylar federatsiyalarning yangi rahbariyatini masʼuliyatli lavozimga saylanishgani bilan qutladi. Ularga oldinda turgan Milan-Kortina-2026 qishki va Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik yuzasidan vazifalarni belgilab, bu borada oʻz tavsiyalarini berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring