Tabiiy gaz sarfi qanday iqtisod qilinadi?

Andijon viloyatida tabiiy gaz sarfini 15 foizdan 30 foizgacha iqtisod qilishga kirishildi. Bunga qoʻshqator quvurlarni yagona tarmoqqa almashtirish evaziga erishish rejalashtirilgan.
— Baʼzi hududlarga tabiiy gaz 5-6 ta trubalar orqali yetkazib berilmoqda, — deydi “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali xodimi Akmaljon Holiqov. — Bu taʼminot sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Quvurlarni demontaj qilish hisobiga tejab qolingan gazni boshqa hududlarga yetkazib berish tufayli isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish sifati yanada yaxshilanadi.
Bugungi kunda viloyatda 257 ming nafardan ziyod tabiiy gaz isteʼmolchilariga mahsulot 5857 km.dan iborat quvur yordamida yetkazib berilmoqda. Shundan 5005 km. qismi yer ustiga joylashgan. Quvurlarni sozlash, qayta montaj qilish orqali bosimni meʼyorlashtirish va yetkazib berish koʻlamini oshirish mumkin boʻladi.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring