Suvliariqda 2,4 km masofada piyodalar yoʻlagi barpo etilmoqda

15:29 14 Oktyabr 2024 Jamiyat
188 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Markaziy Fargʻona hududida joylashgan Yozyovon tumanining bir necha mahallalari hududidan “Andijon – Toshkent” xalqaro magistral yoʻli oʻtgan. Keyingi yillarda serqatnov katta yoʻl boʻyicha tadbirkorlik muhiti yaratilib, xizmat koʻrsatish va servis shoxobchalari, savdo doʻkonlari qad rostlamoqda.

Tumanning “Suvliariq” MFY hududida ham tadbirkorlik faoliyati rivojlanib, tobora gavjumlashib bormoqda. Qolaversa, katta yoʻl boʻylab maktab oʻquvchilari har kuni taʼlim dargohiga, aholi vakillari ishga qatnaydi. Ayni kunlarda ularning katta yoʻl yoqasida xavfsiz harakatlanishlari uchun 2,4 km piyodalar yoʻlagi yotqizilmoqda.

—Bu yumush Yozyovon tumani yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilmoqda, — deydi korxona mutaxassisi Akmaljon Xursanov. — Buning uchun 350 million soʻmdan ziyod mablagʻ ajratilishi nazarda tutilgan.

Piyodalar yoʻlagi yoʻlning ushbu qismida xavfsiz harakatlanish hamda avtohalokatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?