Suv taʼminotini yaxshilash uchun Qoraqalpogʻistonga 40 dona koʻchma nasos agregatlari olib kelindi

Foto: “Xalq soʻzi”
Gʻayrat OTAJONOV/«Xalq soʻzi». Amudaryoning eng quyi qismida joylashgan Qoraqalpogʻiston Respublikasida yildan yilga suv tanqisligi kuchayib borayotir. Ayni kunlarda ham hududlarda suv kamligi bois fermer va tomorqa egalaridan murojaatlar boʻlmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan hududlarda suv tanqisligini yumshatish, fermer va tomorqa maydonlariga oʻz vaqtida obi-hayot berishni taʼminlash maqsadida 520 million soʻm mablagʻ ajratilib, koʻchma nasoslar olib kelish vazifasi belgilangan edi. Ajratilgan mablagʻga 40 dona koʻchma dizel nasos agregatlari xarid qilinib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining mexanizatsiya bazasiga olib kelindi.
— Nasoslar agregatlarini bugunning oʻzida suv yetib borishi qiyin boʻlgan ogʻir hududlarga yetkazish choralari koʻrilmoqda, — deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining boʻlim boshligʻi Sagidulla Serjanov. — Negaki, shimoliy tumanlarda kanallarda suv sathining pastligi tufayli fermerlar va aholi tomorqalari dalalariga suv chiqmayapti. Ushbu nasoslar esa kanal tubidagi kam suvlarni ham dalaga chiqarib, muammolarni bartaraf qilishga xizmat qiladi.
Nasos agregatlaridan Taxtakoʻpir, Qoraoʻzak, Chimboy, Kegeyli, Qoʻngʻirot, Shumanay, Qonlikoʻl va Nukus tumanlarining eng ogʻir hududlariga suv chiqarishda foydalaniladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring