Suv resurslarini tejash — bugungi kun talabi
 
                Faxriddin BOZOROV/“Xalq soʻzi”. Mamlakatimizda global iqlim oʻzgarishi va resurs tanqisligi sharoitida sugʻorish tizimlarini modernizatsiya qilish va ilgʻor texnologiyalarni keng joriy etish orqali suv isrofgarchiligining oldini olish borasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu yoʻnalishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirish, xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, shuningdek, suv resurslaridan foydalanishda raqamli texnologiyalarni joriy etishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Bugun Suv xoʻjaligi vazirligida suv taʼminoti va sanitariya tarmoqlararo ishchi guruhi aʼzolari, daxldor vazirlik va idoralar, Shveysariya elchixonasi hamda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida oʻtgan uchrashuvda bu haqda alohida taʼkidlab oʻtildi.
— Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan suvni tejash va undan oqilona foydalanish boʻyicha ilgari surilayotgan tashabbuslarni hayotga tatbiq etishga koʻmaklashish, bu borada ekspertlar bilan muloqotlar oʻtkazishdan iboratdir, — deydi Shveysariyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi rahbari oʻrinbosari Andrin Fink. — Xususan, anjumanda suv xoʻjaligi tizimini isloh qilish masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, nasoslar orqali sugʻoriladigan ekin maydonlari samaradorligini oshirish borasidagi ishlarga keng toʻxtalib oʻtildi.

Tarmoq ishchi guruhi aʼzolari yurtimizda suv resurslari, suv taʼminoti va kanalizatsiya sektorini barqaror rivojlantirish boʻyicha hukumat hamda xalqaro hamkorlar oʻrtasidagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirgan holda faoliyatni davom ettirishga kelishib oldilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring