“Barselona” yozda yangi hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi
“Barselona” klubi 2026-yil yoz oyida “Galatasaray”ning toʻpurari Viktor Osimhen bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sports.ru nashri xabar berdi.
Manba maʼlumotlariga koʻra, “kataloniyaliklar” yozda jamoani tark etishi kutilgan Robert Levandovskining oʻrniga munosib nomzod izlamoqda va hozirda aynan “Galatasaray” hujumchisi Osimhenga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Shu bilan birga, “istanbulliklar” ham toʻpurarni osonlikcha qoʻyib yuborish niyatida emas. Turkiya klubi Nigeriyalik forvardni 2025-yil yozida 75 million yevro evaziga xarid qilgan edi. Agar ushbu transfer amalga oshsa, “Barselona” kamida 80 million yevro sarflashiga toʻgʻri keladi.
Eslatib oʻtamiz, Viktor Osimhen joriy mavsumda Turkiya chempionatida 7 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol muallifi boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring