“Yuventus” jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Italiyalik mutaxassis Luchano Spaletti “Yuventus” jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klubning rasmiy sayti orqali maʼlum qilindi.
27-oktyabr kuni jamoa bosh murabbiyi Igor Tudor isteʼfoga chiqarilgan edi. Shundan soʻng, klub rahbariyati bir necha nomzodlarni koʻrib chiqdi va natijada Spalettini bosh murabbiy sifatida tayinlash qarorini qabul qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, “Yuventus” va Spaletti oʻrtasida 2026-yil yozigacha moʻljallangan shartnoma imzolangan. Yangi murabbiy yiliga taxminan 3 million yevro maosh oladi.
Eʼtibor uchun, Luchano Spaletti faoliyati davomida “Udineze”, “Roma”, “Inter” va “Napoli” kabi yetakchi Italiya klublarini boshqargan. 2023–2025-yillarda esa u Italiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.
Eslatib oʻtamiz, “Yuventus” oʻzining navbatdagi oʻyinini 4-noyabr kuni UEFA Chempionlar ligasi doirasida “Sporting” jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring