Suv xoʻjaligida tejamkorlik va omilkorlik
Gʻayrat Otajonov/“Xalq soʻzi”. Qoraqalpogʻiston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli Nukus tumanida joylashgan nasos stansiyada eski agregatlar oʻrniga zamonaviy energiya tejamkor nasos agregatlarini oʻrnatish boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi. Tadbirda nasos agregatlarining energiya tejamkorligi yuzasidan mutaxassislar atroflicha maʼlumot berishdi.
— Boshqarmamiz hisobidagi ushbu nasos stansiyasidagi 110 kVt*soat quvvatlikda ishlaydigan nasos agregati oʻrniga zamonaviy kam quvvatda ishlaydigan quvvatliligi soatiga 22,5 kVt boʻlgan 3 dona “Shimge” nasos agregatlari oʻrnatildi, — deydi Qoraqalpogʻiston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshligʻi Kenes Saribayev. — Mazkur nasos agregatlarining oʻrnatilishi natijasida soatiga oʻrtacha 87,5 kVt elektr energiyasi iqtisod qilinadi. Nasos agregatlari oʻrtacha yiliga 2100 soat ishlaydigan boʻlsa, jami yiliga 183 750 kVt elektr energiya yaʼni, 183 mln 750 ming soʻm mablagʻ tejalishiga erishiladi.

Bugun fermerlarga birinchi galda eski nasos agregatlarini yangilash orqali kam elektr energiya bilan oldingi miqdorda suvni chiqarishni koʻrsatayotgan boʻlsak, ikkinchidan ushbu agregatlarga «yashil» iqtisodiyot tamoyillarini integratsiya qilish, yaʼni quyosh panellarini oʻrnatish orqali mablagʻ tomondan ham bir qancha tejamkorlikka erishish usullari namoyish etilmoqda. Biz sugʻorish mavsumidagi quyoshli kunlar, agregatga sarflanadigan elektr energiyasi barchasining hisob kitobini qilib koʻrib, maqbul boʻlgan uskunalarni oʻrnatdik. Elektr tarmoqlarining tuman boʻlimi bilan shartnoma imzoladik. Shunga koʻra, ishlab chiqarilgan elektr energiyasi umumiy tarmoqqa uzatiladi. Nasos agregatiga sarflangan energiya bilan hisob-kitobi qilib boriladi.
Bu borada respublikamizning suv taʼminoti ogʻir boʻlgan Taxtakoʻpir, Qoraoʻzak va Chimboy tumanlarida ham amalga oshirilishi, yaʼni Grant mablagʻlari asosida soatiga 110 kVt elektr energiyasini sarflaydigan nasos agregatining oʻrniga zamonaviy kam quvvatda ishlaydigan 6 dona “Shimge” nasos agregatlari oʻrnatish rejalashtirilmoqda. Natijada yiliga oʻrtacha 459 ming 900 kVt elektr energiyasi tejalishiga erishiladi.

Tadbir ishtirokchilari yangisiga almashtirilgan nasos agregatlari va oʻrnatilgan quyosh panellari, ularning ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Koʻplab fermerlar ushbu texnologiyaga qiziqish bildirib, mutaxassislardan tavsiyalar olishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring