Surunkali stress saratonni keltirib chiqarishi mumkin
Illyustrativ foto
Shifokorlar tez-tez takrorlaydigan bitta muhim tavsiya bor: «Asabiylashmang!» Buning sababi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan quyidagi xulosada aniq ifodalangan: stress inson hayotiga tahdid soluvchi beshta asosiy xavfli omillardan biridir.
Stress, ortiqcha asabiylashish va ruhiy tushkunlik koʻplab kasalliklarning sabablari hisoblanadi. Amerikaning Cold Spring Harbor laboratoriyasi olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotda stress va saraton oʻrtasidagi bogʻliqlik aniqlandi. Stressli vaziyatlarda organizmda bir qator gormonlar faollashadi. Asosiysi adrenalin. Uning yordamida yurak tezroq uradi, qon bosimi koʻtariladi va tana qoʻshimcha energiya ishlab chiqaradi.
Xuddi shu holat kortizol gormonini ishlab chiqarishni faollashtiradi. Natijada, qondagi shakar miqdori normadan oshib ketadi. Oʻz navbatida, tahdidning yoʻqolishi bilan gormonlar normal holatga qaytadi.
Ammo, agar inson doimiy stress sharoitida yashasa yoki tez-tez tushkunlikka tushib qolsa, yuqoridagi gormonlar barcha organlarning ishiga salbiy taʼsir koʻrsata boshlaydi va asta-sekin turli xil xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Xususan, AQSH olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda surunkali stress saraton hujayralari paydo boʻlishiga olib kelishi aniqlangan. Yaʼni, biz tushkunlikka tushganimizda, qondagi neytrofillar yopishqoq tuzilmalarni hosil qiladi, bu esa tananing oʻsmalarga moyilligini oshiradi.
Olimlarning fikricha, ushbu tadqiqot saraton kasalligini davolashning yangi usullari va samarali strategik yondashuvlarini ishlab chiqishda yordam berishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring