Surxondaryoda uch mansabdor pora bilan ushlandi

Foto: DXX
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida hokim yordamchisi, muhandis va qishloq xoʻjaligi masʼuliga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Sariosiyo tumanidagi MFYlaridan birida hokim yordamchisi oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda 29 yoshli fuqaroning ishonchiga kirgan. U fuqarodan mansabdor tanishlari orqali tuman hokimligi zaxirasidagi 2,5 gektar sugʻoriladigan yer maydonini 30-yil muddatga ijaraga olib berish evaziga 29 million soʻm talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar idoralari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisi soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, u ushbu pul mablagʻini “Oʻzdaverloyiha” ilmiy loyihalash institutining “Survilerloyiha” boʻlinmasi muhandisi hamda Sariosiyo tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimi shoʻba boshligʻiga berishi kerakligi aniqlangan.
Shundan soʻng tezkor tadbir davom ettirilib, muhandis va shoʻba boshligʻi ushbu pul mablagʻini olgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyilgan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring