Surxondaryoda sobiq maktab direktori oʻzini yoqib yubormoqchi boʻldi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda sobiq maktab direktori oʻzini yoqib yubormoqchi boʻlgani aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, mazkur holat Qumqoʻrgʻon tumanidagi 39-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida yuz bergan boʻlib, u yerda 2010-yildan 2025-yil 16-sentyabrgacha Z.A. direktor lavozimida ishlab kelgan. Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining 2025-yil 16-sentyabrdagi buyrugʻi bilan Z.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga muvofiq bekor qilingan.
Shundan soʻng, sobiq direktor yangi rahbar faoliyatini boshlashiga qarshilik koʻrsatgan. 2025-yil 13 oktabr kuni maktabda tayinlov hujjatlari topshirilishi chogʻida Z.A. tomonidan faol qarshilik boʻlgan, biroq hech kim tan jarohati olmagan.
“39-sonli maktab rahbarligiga tegishli tartibda E.A. tayinlandi. Bugungi kunda maktabda oʻquv jarayoni barqaror holatda davom etmoqda”, — deyiladi boshqarma xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring