Surxondaryoda profilaktika inspektori tan jarohati olganiga qaramasdan oʻzining hayotiga tajovuz qilgan tartibbuzarni zararsizlantirdi

Joriy yilning 30-may kuni soat 16:00 da Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Hamkorlik” mahallasi raisi Nurmamat Shoymardonovning yashash uyiga, ushbu mahalla yashovchisi 1976-yilda tugʻilgan, muqaddam bir necha marotaba oʻgʻirlik va giyohvand moddalar bilan noqonuniy muomala qilish jinoyatlarini sodir etgani uchun sudlangan, giyohvand shaxs sifatida profilaktik nazoratga olingan A.I., mast holda bostirib kirib, maishiy muammolarini roʻkach qilgan holda mahalla raisi va uyda boʻlgan oila aʼzolarining tinchligini buzib, janjal koʻtargan.
Chaqiruvga asosan voqea joyiga yetib kelgan mahalla profilaktika inspektori kapitan Gʻofur Berdiyev, tartibbuzar fuqaro voqea joyidan nomaʼlum tomonga qochib ketganligiga guvoh boʻlgan.
Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida, shu kuni soat taxminan 19.00larda tartibbuzar A.I. oʻz uyiga qaytib kelganligi aniqlanib, u bilan profilaktik suhbat oʻtkazish hamda mahalla raisiga nisbatan sodir etgan huquqbuzarlik holatini rasmiylashtirish maqsadida tartibbuzarning xonadoniga borgan kapitan Berdiyev, xonadon egasining keskin qarshiligiga uchraydi.
Xonadon egasi, bolta bilan profilaktika inspektoriga hujum qilib, uning chap qoʻl tirsagini yaralaganiga qaramasdan, jismoniy kuch ishlatilib, huquqbuzar zararsizlantirilgan.
Shundan soʻng, kapitan Berdiyev xonadon qoʻshnilari va voqea joyiga yetib kelgan hamkasblari yordamida shifoxonaga yetkazilgan. Tibbiy koʻrik natijasida chap tirsak pastki qismi suyaklarining ochiq singanligi va qon tomirlarini kesilishi oqibatida koʻp qon yoʻqotganligi aniqlanib, tezkorlik bilan tegishli muolajalar koʻrsatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani prokuraturasi tomonidan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan.
Hayotini xavf ostiga qoʻyib jinoyatchini zararsizlantirgan profilaktika inspektori kapitan Gʻofur Berdiyevni ragʻbatlantirish masalasi koʻrilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring