Surxondaryoda “Koʻp tilli muqobil guruhlarda pedagogik yondashuvlar” mavzusidagi oʻquv-treningga start berildi
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʻlim agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) hamkorligida Yevropa ittifoqining moliyaviy koʻmagi asosida “Surxondaryo viloyatida inklyuziv taʻlim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasini amalga oshirish yuzasidan 10-14-sentyabr kunlari Termiz shahrida “Koʻp tilli muqobil guruhlarda pedagogik yondashuvlar” mavzusidagi oʻquv-amaliy treningga start berildi.
Ushbu treninglar UNICEF hamda Yevropa ittifoqi hamkorligida viloyatdagi afgʻon bolalari va ehtiyojmand oilalar farzandlariga maktabgacha taʻlim uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida inklyuziv koʻp tilli taʻlimga yoʻnaltirilgan muqobil guruhlarda taʻlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda maktabgacha taʻlim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan boʻlib, Yevropa Ittifoqining moliyaviy koʻmagida amalga oshirilmoqda.
5 kun davom etadigan trening jarayonlarida viloyatdagi inklyuziv koʻp tilli taʻlimga yoʻnaltirilgan muqobil guruhlar mavjud boʻlgan maktabgacha taʻlim tashkilotlarining pedagoglari ishtirok etib, malakali xorijlik trenerdan yangi bilimlarni oʻrganish barobarida qizgʻin va noodatiy tarzda kechgan mashgʻulotlar orqali oʻzaro tajriba almashishmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring