Surxondaryoda katta bosimli gaz quvuriga avtomobil borib urildi
Surxondaryo viloyatida gaz quvuriga avtomobil urilishi oqibatida gaz taʼminotida uzilish yuz berdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa bugun, 18-oktyabr kuni tungi soat 01:30 lar atrofida Denov tumanida yuz bergan. Tumanning “Olovuddin” mahallasi hududidan oʻtuvchi katta bosimli gaz quvuriga avtomobil urilishi natijasida gaz taʼminotida uzilish sodir boʻlgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tumandagi 3 950 ta xonadon va 20 ta yirik isteʼmolchi vaqtincha gazsiz qolgan.
“Gaz taʼminoti filiali yuzaga kelgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi hamda yaqin vaqtlar ichida taʼminotni tiklash boʻyicha tezkor choralar koʻrilayotganligini maʼlum qiladi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring