Surxondaryoda IIO xodimlarini toshboʻron qilgan 13 kishi qamaldi

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar va IIB xodimlari oʻrtasida janjal sodir boʻlgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati rasmiy izoh berdi.
Unga koʻra, mazkur holat joriy yilning 31-may kuni Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida oʻtkazilgan futbol musobaqasida sodir boʻlgan. Unda tumanning ikki mahallasi yoshlaridan tarkib topgan jamoalar oʻzaro bellashayotgan boʻlgan. Oʻyin boshlanish vaqtida tomoshabinlardan biri, 34 yoshli fuqaro oʻyin maydonini tark etmasdan, musobaqaga xalaqit bergan.
Mazkur huquqbuzarlikka chek qoʻyish maqsadida IIO xodimlari tomonidan jamoat tartibini buzayotgan fuqaroni futbol maydonidan chiqarib yuborishga uringan. Shu jarayonda huquqbuzar xodimlarning qonuniy talablariga boʻysunishdan bosh tortib, ularga faol qarshilik koʻrsatgan.
Qolaversa, 12 nafar mahalladoshlari bilan birga futbol maydonida shovqin koʻtarib, musobaqani buzilishiga sababchi boʻlgan.
Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar Jinoyat ishlari boʻyicha Oltinsoy tumani sudida koʻrib chiqilgan. Unga koʻra, Maʼmuriy jinoyat kodeksining 183, 194 va 195-moddalariga asosan, 13 nafar huquqbuzarning har biriga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring