Surxondaryoda gugurt qutilarga solingan giyohvandlik moddasi fosh qilindi

11:36 07 Oktyabr 2021 Jamiyat
651 0

Foto: Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati

Surxondaryoda 143 dona gugurt qutilarga solingan “marixuana” giyohvandlik vositasini sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga koʻra, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari va viloyat DXX xodimlari xamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish boʻyicha tezkor tadbir oʻtkazdi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro M.R. shartli xaridorga 143 dona gugurt qutilarga solingan “marixuana” giyohvandlik vositasini sotmoqchi boʻlgan. Maʼlum boʻlishicha, ushbu giyohvandlik vositasining xar bir kutisi 250 ming soʻmdan jami 35 750 000 soʻmga baholangan. Bu “marixuana” giyohvandlik vositasi maxsus tarozida oʻlchab koʻrilganida uning umumiy ogʻirligi 837,20 grammni tashkil etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?