Surxondaryoda gʻalla oʻrim-yigʻimiga start berildi

10:26 25 May 2024 Iqtisodiyot
135 0

Foto: «Xalq soʻzi»

Farhod ESONOV/«Xalq soʻzi». Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi «Muzrabot indenim klaster» MCHJ gʻallazorlarida mamlakatimizda birinchi boʻlib, oʻrim-yigʻimni boshlashga start berildi.

Tumanda joriy yilda 3 ta klaster va 313 ta fermer dala maydonlarida 10 ming 700 gektar maydonda bugʻdoyning eng sara navlari yetishtirilmoqda. Bugungi kunda pishib yetilgan hosilni nes-nobud qilmasdan yigʻib olish uchun 13 ta oʻrim otryadi shakllantirilib, ularga 24 ta zamonaviy kombayn 130 dan ortiq yuk tashish texnikalari biriktirildi.

«Muzrabot indenim klaster» MCHJ gʻallakorlari oʻtgan yili kuzda bugʻdoyning «Aleksey» navini ekkan edi. Dehqonlar bu yilgi mavsumda har bir gektardan 80 sentnerdan hosil olishni moʻljallashmoqda.

Joriy mavsumda voha mirishkorlari 89 ming 325 gektar maydonda gʻalla parvarishlamoqda. Oʻz vaqtida hosilni yigʻib olish uchun 127 ta oʻrim otryadi tuzilib, 282 ta zamonaviy kombayn, 1 ming 275 ta tashish texnikasi, 130 ta traktor tirkamasi shay holatga keltirilgan. Shuningdek, texnikalarga sifatli, tezkor xizmat koʻrsatadigan 127 ta koʻchma ustaxona, 81 ta yoqilgʻi tashish texnikasi jalb etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер