Surxondaryoda ertapishar qovun pishdi

17:49 10 May 2023 Jamiyat
440 0

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida “Dakara” navli erta pishar qovunning ilk hosili bugun olindi. Bu haqda Sherobod tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tumanning 4-sektor hududi “Oyinli” mahallasi Boʻston massivida “Sardorbek Sultonbek Samir Daler” MCHJ asli fargʻonalik agronom dehqon Neʼmatov Abdutolib bilan hamkorlikda anorzor qatorlari orasiga 10 gektar “Dakara” navli erta pishar qovun hamda 10 gektar “Doʻlbe” navli tarvuz ekkan.

Maʼlumot oʻrnida, “Dakara” navli qovunlar yanvar oyining 3 sanasida urugʻlash ishlari boshlangan boʻlib, 20-fevraldan 4-mart oyiga qadar yerga oʻtkazish ishlari olib borilgan. Bugungi kunda ilk hosil olindi, qovunning 1 gektaridan 30 tonnagacha hamda tarvuz hosilidan 60 tonnagacha hosil olish kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер