Surxondaryoda “Cobalt” zovurga tushib ketdi (+video)
Surxondaryoda FVV qutqaruvchilari zovurga tushib ketgan avtomobilni chiqarib oldi. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, shu yilning 26-oktyabr kuni soat 02:47 da M-41 avtomobil yoʻlining Denov tumani “Lochin” MFY hududidan oʻtgan qismida yoʻlning oʻng tomonidagi zovurga “Cobalt” rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida tushib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan yordam zarurligi toʻgʻrisida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat kelib tushgan. Ushbu xabarga asosan FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomashina chiqarib olingan.
Maʼlum boʻlishicha, haydovchi hodisa sodir boʻlishi bilanoq xavfsiz hududga chiqib olgan. Tan-jarohati olganlar aniqlanmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring