Surxondaryoda 20 dan ziyod noyob ilon tabiatga qoʻyib yuborildi
Foto: Ekologiya vazirligi
Surxondaryo viloyatida 20 dan ziyod boʻgʻma va kobra ilonlar tabiatga qoʻyib yuborildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari hamda Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti mutaxassislari hamkorligida 6 bosh Oʻrta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq boʻgʻma iloni — jami 23 bosh ilon tabiatga qaytarilgan.
Mazkur ilonlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi inspektorlari tomonidan oʻtkazilgan reydlar davomida fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotganligi aniqlangan va olib qoʻyilib, Toshkent hayvonot bogʻiga vaqtincha saqlash uchun topshirilgan.
Shundan soʻng Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining ilmiy xulosasi asosida “Surxon” davlat qoʻriqxonasining Kampirtepa, Sherjon va Sholkon hududlariga qoʻyib yuborilgan.
Maʼlumot uchun, Oʻrta Osiyo kobrasi va Sharq boʻgʻma iloni zaifga yaqin, mozaik tarqalgan tur sifatida Oʻzbekiston Qizil kitobi hamda CITESʼning II Ilovasiga kiritilgan. Qizil kitobdagi maʼlumotlarga koʻra, Oʻrta Osiyo kobrasi hozirda ayrim yashash joylarida butunlay yoʻq boʻlib ketgan, qolganlarida soni kam uchraydi. Sharq boʻgʻma ilonining soni haqida esa aniq maʼlumotlar yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring