Surxondaryo viloyati mahalla uyushmasiga boshliq tayinlandi
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Abduraimov Saydulla Berdishukurovich Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
S.Abduraimov 1980-yilda Angor tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini, 2010-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – matematika, yurisprudensiya.
Mehnat faoliyati davomida IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va “Vatanparvar” tashkiloti viloyat Kengashida turli vazifalarda hamda Oʻzbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi lavozimida ishlagan.
Tayinlovga qadar Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi. Shuningdek, 2020-yildan buyon viloyat Kengashi deputati.
Eslatib oʻtamiz, bugungacha ushbu lavozimda Sherpoʻlat Boyqulov Mamaraimovich ishlab kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring