Surxondaryo viloyati “CITM–2025” xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etdi

09:59 23 Dekabr 2025 Jamiyat
275 0

Surxondaryo viloyati tarix, tabiat va madaniyat uygʻunligi bilan sayyohlarni oʻziga jalb etuvchi hudud sifatida xalqaro maydonda tobora keng tanilmoqda. Joriy yilning 19–21-dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Xayko shahrida boʻlib oʻtgan nufuzli “CITM–2025” xalqaro turizm yarmarkasi vohaning turistik salohiyatini yana bir bor namoyish etish imkonini berdi.

Dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan turizm sohasi vakillari ishtirok etgan mazkur tadbirda Surxondaryo viloyati delegatsiyasi hududning boy tarixiy-madaniy merosi, muqaddas ziyoratgohlari, ekoturizm, sogʻlomlashtirish hamda dam olish turizmi yoʻnalishlarini keng jamoatchilikka taqdim etdi.

Yarmarka doirasida xorijiy turkompaniyalar va turizm assotsiatsiyalari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilib, viloyatga sayyohlar oqimini oshirish, qoʻshma turistik mahsulotlar ishlab chiqish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi hamda oʻzaro manfaatli kelishuvlarga erishildi.

“CITM” xalqaro turizm yarmarkasi jahon turizm bozoridagi eng nufuzli platformalardan biri hisoblanadi. Unda ishtirok etish Surxondaryo viloyatining xalqaro turizm xaritasidagi oʻrnini mustahkamlash, shuningdek, Oʻzbekistonning umumiy turizm va investitsiya salohiyatini keng targʻib etishga xizmat qilmoqda.

Surxondaryoning boy tarixiy merosi va betakror tabiati zamonaviy turizm infratuzilmasi bilan uygʻunlashib, mintaqaning xalqaro turistik maydondagi nufuzini yanada oshirishga zamin yaratmoqda.

Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер