Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi

Avvalroq, Surxondaryo viloyati hokimligi va 10 ta tuman va shahar rasmiy saytlari hakerlar hujumiga uchragani haqida xabar bergan edik.
Maʼlum qilinishicha, “Clone Security” guruhi ushbu hujumni oʻz zimmasiga olgan.
Hozirda saytlarni asl holida ishlatish choralari koʻrilayotgan bir paytda ayrim internet nashrlarida viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUKda ishlab ketgan xodimlardan birining hokimlik ishlar boshqaruvchisi tomonidan oʻz ish kabinetida oʻzaro kelishmovchilik sabab kaltaklangani, viloyat hududidan chiqib ketish sharti qoʻyilgani, shuningdek, xodim Prezident Virtual qabulxonasiga qilgan murojaati uchun rasman ishdan olingani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimligi xabarlarda keltirilayotgan mazkur holatlarni rad etib, barchadan aholi orasida turli mish-mishlar paydo boʻlishiga, ularda salbiy fikr va ishonchsizlikni shakllantirishga olib keladigan ushbu mazmundagi yolgʻon maʼlumotlarga ishonmaslikni soʻradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring